Musobaqaga start berildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning ijrosi doirasida institutda o‘tkazilayotgan tadbir va musobaqalar katta ahamiyatga ega. Kuni kecha "8-dekabr Konstitutsiya kuni" munosabati bilan "Shu aziz Vatan barchamizniki" shiori ostida mini-futbol buyicha fakultetlararo 1-bosqich talaba-yoshlar o‘rtasida musobaqaga start berildi. Tadbir oldidan davlatimiz madhiyasi yangradi, talaba yoshlar o‘ng qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, vatan g‘ururini tuygan holda madhiyaga jo‘r bo‘lishdi. Bu esa musobaqa oldidan ularga kuch-qudrat va ruh baxsh etgani tayin.

 

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov