Dolzarb mavzudagi ochiq dars
QSXET fakulteti “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasining assistenti A.T.Sanbetovaning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ” fanidan “Shamol elektr qurilmalarining turlari bilan tanishish. Shamol oqimidan energiya olish” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi. 2019 yil 2 aprel kuni 5 juftlikda V bino 605 xonada 15 00 da.
Ochiq darsda bugungi kundagi dolzarb elektr energiya muammosi boʻyicha aniq masalalar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining bir turi shamol elektr qurilmalari haqida toʻliq maʼlumotlar berilib, ularning turlari, quvvatlari, shamol parraklari dimametri va quvvatning shamol tezligiga bogʻliq hisob kitobi keltirilib natijalari olindi.
Talabalar Oʻzbekistonda shamol energiyasi boʻyicha olib borilayotgan ilmiy ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan ham tanishtirildi. Respublikamizda shamol tezligi 5 m/s dan yuqori boʻlgan hududlarda shamol elektr qurilmalaridan foydalanish samarali ekanligi taʼkidlandi. Ochiq dars mazmunli va qiziqarli oʻtdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov