ULUG'LIK VA QUTLUG'LIK USTOZLAR BILAN
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Yoshlar kengashi faollari tomonidan 30 sentabr kuni erta tongdan 1-Oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan maxsus logotiplar tarqatish marosimi tashkil etildi. Bu jarayonda barcha o'qituvchi, professor, akademiklarni bayram bilan tabriklash asnosida ularga xush kayfiyat ulashildi. Insoniyatning ibtidosidan to intihosigacha jamiyat ulug'lovchi zot bu Ustozdir. Ayni damda Respublika miqyosida O'qituvchi va murabbiylarga katta ehtirom va keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda Institutimiz tomonidan ham barcha shart-sharoitlar ustozlarga yaratib berilmoqda. O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Yoshlar kengashi tomonidan video rolik orqali barcha Yoshlar nomidan Ustozlarga tabrik yo'llandi. Ushbu bitik ham ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va shogirdlari taqdiridagi roliga muhr va mehr ramzi bo‘lsa neajab.
Iymon qayda edi ustoz bo'lmasa,
Urfon qayda edi ustoz bo'lmasa,
Sohibqiron qayda, Navoiy qayda,
Cho'lpon qayda edi Ustoz bo'lmasa.
Institut Yoshlar yetakchisi birinchi o'rinbosari Haytboy Iskandarov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov