“Taraqqiyot kushandasi”
Dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan muammolardan biri korrupsiya hamda Jinoyatchilik. E’tiborli jihati shundaki, jinoyatning bu turi uchun dunyo bo‘ylab jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda. “Korrupsiya va Jinoyatchilik” hech ikkilanmay “Taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin. Bugun “Qishloq va suv xo’jaligi enetgiya ta’minoti fakultetida ham aynan shu, mavzuga oid tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda fakulteti dekani A.Isakov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Mutalov va Tadbir mehmoni sifatida O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Malaka oshirish instituti maxsus fanlar sikli katta o’qtuvchisi podpolkovnik Ulug’bek Tuymobayev, podpolkovnik O’tkir Gulmatov hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Biz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etib borilayotganligi bo‘yicha ham bir qator tushunchalar berildi. jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan amaliy harakatlar, bayramlarda ichib jinoyat sodir qilgan talabalar haqida hayotiy misollar bilan aytib o’tdilar. Tadbir qizgʻin savol-javoblar va munozaralar asosida oʻtdi. Jinoyatning xillari ko’p bo’lgani kabi uning ildiz va shoxlari ham bisyor. Uni jilovlash taraqqiyparvar xalqlarning orzusi. Shunday ekan bunday yo’sindagi tadbirlar muhim ahamiyatga egadur.
TIQXMMI matbuot ximati