Birinchi renessans yirik namoyandasi Axmad al-Farg'oniy hayoti va faoliyati haqida axborot soati qanday tashkil etildi va o'tkazildi

Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. O’zbek zaminida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlarning parvarish topgani bejiz emas, albatta. Buning uchun, avvalo, asriy  an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’rifiy muhit mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Ahmad al-Farg’oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati xazinalaridan biri bo’lib, milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko’lami va qudratining  isbotidir. Ahmad al-Farg’oniy islom madaniyati davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasining fundamental fani asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sabab bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi. Farg’onalik bu fozil zotning “Astronomiya asoslari” nomli shoh asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilingan edi.

29-oktabr kuni Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti 101-guruh talalabari uchun unutilmas kun bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Barchamizga ma'lum institutimizda talabalikga bag'ishlov tadbiri yuqori saviyada  o'tkazildi. Fakultetlarda har doim davlat granti asosida o'qishga kirgan talabalarga buyruq chiqadi hamda ular talabalik guvohnomasini birinchi oladi, to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to'lovlar to'langach, buyruq chiqadi va ular talabalik guvohnomasini kechroq qabul qilishadi.

Guvohnomalar tayyor bo'lgan kundan 16 kun kechikib bo'lsada, guruh murabbiyi tashabbusi bilan  barcha guruh a'zolariga talabalik guvohnomalari bir vaqtda topshirildi. Axborot va murabbiylik soatimiz mehmoni institutimiz Yoshlar masalalari, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektori Choriyev Ruzimurat Kungratovich bo'ldi hamda talabalarga katta motivatsiya berib, bugun kun islohotlari, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, institut ijtimoiy hayotida faollik haqida so'z yuritdi.

Har bir talabaga talabalik guvohnomasini topshirdi. Darsning keyingi qismi axborot va murabbiylik soati mavzusiga bag'ishlab, tajribali psixolog, eng yaxshi pedagog xalqaro tanlovi g'olibi, "Shuhrat" medali sohibi, Kelajak liderlari Toshkent shahar klubi a'zosi Nuriddin Ubaydullayev ishtirokida semenar-trening o'tkazildi. Talabalar bilan yaqindan ishlab, ularga mavzu doirasida turli xil mashqlardan iborat trening o'tkazildi. Talabalarda juda ham iliq taasurot qoldi. Savollarga javob olindi. Dars yakunida fakultet dekani Rashid Hakimov tashrif buyurdi hamda mehmonimizga rahmat aytib, o'zining esdalik sovg'asini topshirdi. Fakultet dekani yoshlarga oid davlat siyosati masalasida, ularga psixologik yordam ko'rsatish, qo'llab-quvvatlash borasida, yaratilgan imkoniyatlar borasida institutda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish kerakligi haqida talabalarga o'z tavsiyalarini berdi.

Ushbu kun talabalar hayotida muhim va unutilmas kun bo'lishiga ishonamiz. Kelgusi haftada talabalarga hafta mavzuga bag'ishlab, boshqa turdagi alohida dars tashkil etilishi haqida guruh murabbiyi Akmal Berdimurodov aytib o'tdi. O'z vaqtlarini ayamasdan talabalar auditoriyasiga kirib,e'tibor qaratgan institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz. Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti dekani muovini Jamshid Turdiyev ma'lumoti

TIQXMMI matbuot xizmati