TIQXMMI va «TEXNOPARK» MCHJ bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda yuqori texnologiyalar, raqobatdosh, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarish mahsulotlarini yaratish bo'yicha topshiriqlari asosan 2019-yil 10-iyunda «TEXNOPARK» MChJ sobiq “TAPOICh” hududida tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda «TEXNOPARK» MChJ import o'rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari va maishiy texnika ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda, «TEXNOPARK» MChJ hududida 12 ta zavod ishga tushirilgan. Shuningdek, 2021-yil oxiriga qadar, yana bir nechta yirik investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Barcha loyihalarni ishga tushirish natijasida, 10 mingga yaqin ish o'rinlarini yaratish mo’ljallangan. 16ta sanoat tarmog'ini, shuningdek, logistika markazini birlashtirib, «TEXNOPARK» MChJ Markaziy Osiyo mintaqasida ichki va eksport bozorlariga yo'naltirilgan ko'plab sanoat, texnik, elektron, qurilish va maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha eng ilg'or va istiqbolli kompleksga aylanadi.
Ana shunday yirik kompleksga ega tashkilot bilan hamkorlik qilish soha bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash, ta’lim va ishlab chiqarishni o‘zaro uyg‘unlashtirish va soha bo‘yicha iqtidorli talabalarni aniqlab ularni qo‘llab-quvvatlash kelajakda yuksak natijalarga erishish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shu maqsadlarni amalga oshirish, kelgusida qilinajak ishlar, loyihalar hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi hamda Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari hamkorlikda «TEXNOPARK» MCHJga tashrif buyurdilar. Uchrashuvda «TEXNOPARK» MCHJga faoliyati bugungi kunda amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar hususida «TEXNOPARK» MCHJ mas’ul xodimlari ma’lumot berib o‘tishdi.
Xususan hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida kadrlar tayyorlash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘zaro samimiylik va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda kelgusida hamkorlikni izchil yo‘lga qo‘yish va kelgusida bir qancha amaliy loyihalarni o‘zaro amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati