Institutda anʼanaviy dars

Talabalar qaytishdi, boʼshab qolgan talabalar turar joylari yana gavjumlasha boshladi. Darslardan soʼng talabalar turar joylarida yashovchi talabalar oʼzlarining qadrdon xonalariga qaytishadi. Qishning sovuq kunlarida, ota-onalardan, yaqin qarindoshlardan uzoq boʼlgan talabalardan yaqin ustozlar boxabar boʼlishadi. Аyniqsa, 1-kurs talabalari anʼanaviy oʼqishni boshlaganiga ikki xafta boʼlgan, ammo “Noanʼanaviy yashash sharoitiga” moslashdimi, sharoitlar qanaqaligi haqida oʼrganish maqsadida “Gidromelioratsiya” fakulteti oʼqituvchilari S.Doʼstnazarova va T.Аppaqxoʼjaevalar borishdi. Аvvalo, ustozlar talaba qizlarning xonalari, taom tayyorlash sharoitlarini oʼrganib, soʼngra dars tayyorlash sharoitlari, kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashishdi. Ustozlar va talaba qizlar har xafta boʼladigan suhbatlar rejasini tuzishib, keyingi uchrashuvga qadar xayrlashdilar.

 

TIQXMMI matbuot xizmati