TIQXMMI tayanch doktoranti Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Vengriyaning Obuda universitetida malaka oshirdi
Bugungi kunda geoaxborot tizimi va mazofadan zondlash texnologiyalarining jamiyatimizdagi ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Suv va yer resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi, geologiya, ekologiya va shu kabi mamalakatimizning muhim soha vakillari geoaxborot tizimi va masofadan zondlash texnologiyalari orqali faoliyat yuritishni juda muhim qurol sifatida ko‘rishmoqda. O‘zbekistonning ko‘plab yosh ilmiy hodimlari o‘zlarining ilmiy izlanishlarida allaqachon geoaxborot tizimi va masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash masalasida bosh qotirmoqdalar. Buning uchun asosiysi dasturiy qurilmalar va kompyuter texnologiyalaridan yuqori darajada foydalana olish bilan bir qatorda qo‘llanish sohasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni ham rivojlatirish zarur.
Bu masalada salohiyati yuqori bo‘lgan horijiy OTMlar hamda ularning porofessor-o‘qituvchilari malakasi juda asqotadi. Erazmus+ dasturining “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasi doirasida tashkil etilgan doktorantura talabalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun Yevropadagi hamkor oliy ta’lim muassasalarida 2 oylik ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslari tashkil etilishi aynan O‘zbekistondagi yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun yuqori imkoniyatlarni yaratadi. Bugugi kungacha bir qancha O‘zbekistoning qator OTMlaridan mustaqil tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar o‘z ilmiy izlanishlari va dissertatsiya mavzulari bo‘yicha yevropaning hamkor OTMlarida malakalarini oshirib kelishdi.
Shular qatorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 bosqich doktoranti Zohid Mamatkulov ham Vengriya davlatining Obuda universiteti Alba Regia Texnika fakultetida Prof.Verona Malgorzata rahbarligi ostida “Aniq qishloq xo‘jaligini yuritishda geoaxborot tizimi va masofadan zondlash texnologiyalani qo‘llash” mavzusi ustida 2 oylik nazariy va amaliy bilimlarini oshirdi. Malaka oshirish davomida u kosmik suratlarning sifatini baholash, segmentlash orqali qishloq xo‘jaligi ekin turlarini sinflash, boshqariladigan va boshqarilmaydigan sinflashtirish metodlaridan foydalanib yer qoplamalarining o‘zgarishini monitoring qilish bo‘yicha ilmiy va amaliy bilimlarini mustahkamladi. Shuningdek, Masofadan zondlash ishlarini amalga oshirishda bir qancha dasturiy ta’minotlari: IDRISI Selva va Ecognition dasturidan foydlanish imkoniyatlarini o‘zlashtirdi.
Shuning bilan bir qatorda, Masofadan zondlash kafedrasi professorlari Valeriya Balazik va Jankso Tamaslar rahbarligida Raqamli fotogrammetriya va aerosuratlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ustida ish olib bordi. Laboratoriya mashg‘ulotlari ortofotoplanlar yaratish, aesuratlarni mozoiklash, nazorat nuqtalarini analitik usulda loyihalash, stereo yeffektlar yordamida uch o‘lchamli modellar yaratish va ularning ilmiy nazariyalari bo‘yicha olib borildi.
Malaka oshirish davrida Zohid Mamatkulov Obuda Universiteti Alba Regia Texnika fakultetining Axborot resurs markazidagi sohaga oid ko‘plab adabiyotlarni mutolaa qildi va dissertatsiya mavzusiga aloqador manbalarni tahlil qildi. “Men Obuda Universitetining Alba Regia Texnika fakultetida 2 oy davomida ilmiy ishim mavzusi bo‘yicha juda muhim va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldim, buning uchun DSinGIS loyihasiga mingdan ming rahmat”, deydi Zohid Mamatqulov u bilan bo‘lgan suhbat so‘ngida. Manbaa