Xalqaro ko‘rgazmaga tashrif
Bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy issiqlik energiyasidan foydalanish, elekrotexnika jihozlari, yangi elektr energiya tejamkor uskunalari bilan tanishish maqsadida 2018 yil 1 noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” ta’lim yo‘nalishi 1- bosqich 126-guruh va 2- bosqich 210- guruh magistr talabalar hamda institutimizning “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish“ kafedrasi dotsenti R. Ergashev va “Elektrotexnika va elektroenergiya jihozlaridan foydalanish” kafedra mudiri dotsent A. Berdishev bilan birgalikda “UzEnergyExpo” nomli xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurdi. Ko‘rgazmada asosan “Energetika, EQTM, Energiya tejamkorligi, Yoritish, Qurilish va ishlov berish uskunalari, Issiqlik va Ventilyatsiya tarmoqlariga doir ko‘rgazma pavilonlarida mavjud barcha yangi zamonaviy elekrotexnika jihozlari uskunalari bilan turli xorijiy mamlakatlardan hamda o‘zimizning yetakchi korxonalar tomonidan zamonaviy quyosh energiyasidan foydalanish, elekrotexnika jihozlari, yangi elektr energiya tejamkor uskunalari bilan qatnashdi. Talabalar hamda institutimizning “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish“ kafedrasi dos. R. Ergashev va “Elektrotexnika va elektroenergiya jihozlaridan foydalanish” kafedra mudiri dos. A. Berdishev bilan birgalikda pavilonlardagi zamonaviy elektr energiya tejamkor elekrotexnika jihozlari, uskunalar, nasos stansiyalari mo‘ljallangan yangi elektrodvigatellar bilan yaqindan tanishdilar.
“Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” ta’lim yo‘nalishi 1 - bosqich 126-guruh magistranti A. Muxamadjonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov