Konstitutsiya - taraqqiyotimiz garovi
2019 yil 04 dekabr soat 10:00da Institut faollar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27-yilligi”ni keng nishonlash va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Konstitutsiya-taraqqiyotimiz garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” kafedrasi mudiri yu.f.d., professor Toshev Boboqul Norqobilovich, Mirzo-Ulug‘bek tumani “Adliya” bo‘limi yetakchi xodimi Berdiev Abror Meliqulovichlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani Rashid Xakimov kirish so‘zi bilan ochib, barcha tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdi. Ma’ruzachilar tomonidan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va ahamiyati xususida, shuningdek, Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan bog‘liq sa’y-harakatlar, tuzilishi, jamiyat va xalqning farovonligida tutgan o‘rni xususida ma’lumotlar va qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashishdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan yurtimizni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiq va raqslar kechaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov