POWERCHINA korxonasi amaliyotga taklif etmoqda
POWERCHINA korxonasi talabalarni o‘quv hamda ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilish uchun suhbatdan o‘tkazish maqsadida tashrif buyurishdi. POWERCHINA Xitoyning suv va suv energetikasi, energetika jihozlari va inshootlari qurilishi sohasida yetakchi tashkilot hisoblanadi. O‘zbekistonda 20 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatyapti. Bugungi kunda O‘zbekistonning turli vohalarida o‘nlab loyihalarida talabalarni o‘quv amaliyotini o‘tkazish uchun suhbat orqali tanlab olindi. Talabaning ingliz yoki rus tili va sohani bilish darajasi bevosita suhbati davomida aniqlandi va saralandi. Tanlangan talabalar kelgusi haftadan amaliyotini POWERCHINA loyiha hududlarida boshlashlari mumkinligi aytib o‘tildi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov