Inson qadri muqaddas
“9-may - Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayrami” munosabati bilan “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti guruh murabbiylari K.Rahimova va F.Umarova hamda fakultet talabalari “Lashkarbegi” mahallasidagi mehnat faxriylari hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olishib, bayram bilan tabriklash uchun tashrif buyurishdi. Zero, xalqimizda insonlarni yo‘qlash, holidan xabar olish va mehr muruvvat ko‘rsatish oliy qadriyat hisoblanadi.
“SXTE va B” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev axboroti.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov