O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining Аxborot-tahlil vа resurs markaziga tashrif

2020 yilning 4 mart kuni Gidromeliorasiya fakulteti “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasini “Evrikaа” to’garagining iqtidorli talabalar bilan Ozbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi Аxborot-tahlil va resurslar markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida markazi direktori Аhmadjonov V vа R.Saidov vа boshqa mutahassislar bilan davra suhbati bo’lib otdi. Davra suhbatida Suv xo’jaligini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini loyihasi vа Smart Water mavzulari bo’yicha taqdimot bo’lib o’tdi. Davra suhbati davomida talabalar tomonidan Smart Water texnologiyasi bo’yicha juda ko’p qiziqarli savollar yuzasidan baxs munozara shaklida bo’lib o’tdi.

 

O’tkazilgan davra suhbati jarayonida iqtidorli talabalar va “Gidromeliorasiya” fakulteti dekani А.M.Fatxulloev vа “Gidravlika va gidroinformatika” kаfedrasi doktoranti L.Samievlar tomonidan bir qator savollar berilib, uchrashuv muhokamaga boy, qiziqarli vа yuqori saviyada o’kazildi. Davra suhbati oxirida Gidromeliorasiya fakultet dekani A.M.Fatxulloev va Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi doktoranti PhD L.Samiyevlar Markaz direktori V.Аhmadjonovgа keng qamrovli davra suhbati  uchun minnatdorchilik bildirildi.                                                                                                                                        

  TIQXMMI  matbuot xizmati