Davr va yoshlar
2018 yil 15 sentyabr kuni TIQXMMI “Ma’naviyat” xonasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari uchun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yoshlar Ittifoqi, institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilinganligining 2 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini “SXTE va B” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonunning mazmun-mohiyati, yoshlar hayotida tutgan o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yoshlar Ittifoqi tuman kengashi raisi D. G‘aniev so‘zga chiqib, mamlakatimizda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi uning ahamiyati yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishining ahamiyati xususida fikrlarini bildirib, qonunning tuzilishi uning 12 yo‘nalishda mamlakatimiz yoshlari hayotida muhim o‘rin egallayotgani fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, Yoshlar ittifoqi M. Ulug‘bek tuman Kengashi raisi Dilyor G‘aniev “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi mohiyati, yosh tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar tadbirkorlikni boshlashning huquqiy asoslari to‘g‘risida talabalarga batafsil malumot berib o‘tdi. Ushbu davra suhbati qizg‘in bahs munozaralar savol-javoblar tarzida o‘tdi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari ham ishtirok etishdi. Tadbirni MY 5 kanali orqali ko‘rishingiz mumkin.
“SXTEvaB” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev va institut yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov malumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov