Matonat mangulikka yetaklar
2-Talabalar turar joyida 10 - may kuni "GIM" fakulteti ma'naviy-marifiy ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Ro'ziboyev Ortiq Ro'ziboyevich va tarix fanlari nomzodi Dotsent Azimov Xakim Imomovich, tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom Muxiddinovna tashabbuslari bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi yuzasidan talabalar bilan davra suhbati o'tkazildi. Xotira va qadrlash kunining tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Xalqimizning fashizimga qarshi front va front ortidagi jasorati xususida ko'plab tarixiy manbaalar keltirildi, yoshlarimizning yuksak vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida etibor qaratildi. Front va front ortida jasorat ko'rsatgan yurtdoshlarimiz haqida yetarliy ma'lumotlar berildi. Katta o'qituvchi Shermuxammedova Ozoda Ubaydullayevna qo'shimcha qilib tinchligimizni qadriga yetish, tinchlikni asrash va ogoh bo'lib yashashimizni ta'kidlab o'tdilar. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. "GIM" va "QSXEA" fakulteti talabalari faol qatnashishdi.
Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov