Navbatdagi memorandum

Xalq xo‘jaligining turli jabhalaridagi kengqamrovli taraqqiyotning, maqsadli harakatning asosiy omili rivojlangan davlatlararo o‘zaro hamkorlikning  to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishidir. Xuddi shu maqsadda joriy yilning 26 avgust kuni institutimizda Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining agrar – texnologiya instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.  O‘sha ta’lim muassasasining vakili sifatida Rossiya Federatsiyasi “НПО ЭкоПроект” MChJning bosh direktori, tuproqshunoslik va ekologiya mutaxassisligi bo‘yicha biologiya fanlari nomzodi, dotsent Vasenev Vyacheslav Ivanovich tashrif buyurdi. U O‘zbekistonga tashrifidan juda mamnunligini, Sirdaryo viloyatining “Oq oltin” va Mirzaobod tumanlarida bo‘lib poliz mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi hosildorligi bilan tanishganini qayd etdi. Institutimiz rektori ayni paytda mehmonni tashrif bilan qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirish asnosida Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining agrar – texnologiya instituti rektorining rasmiy tashrifini kutib qolishlarini qayd etdilar.

Institut Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abdurahmonov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov