Til tаrаqqiyotning tаrozisi
Dunyodagi barcha mustaqil davlatlarning mavjudlik mezonlari haqida gap ketsa, dastavval, uning rasmiy tili koʼz oldimizda gavdalaadi. dan biri uning tilidir. Darhaqiqat, millatning millat, xalqning xalq ekanini bildiruvchi eng muhim belgi uning davlat tilidir. Mutaxassislarning fikricha, dunyoda 7000 til boʼlsa, ularning aksariyati oʼlik tilga aylanib borayotgani ham rost. Tabiiyki, isteʼmolda boʼlmagan til, istifoda etilmagan soʼz tanazzulga yuz tutadi.
Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich oʼtgan yili 21 oktyabrda Toshkent Ishbilarmonlar markazida, Kongres Xollda ilk bor Davlat tiliga bagʼishlangan katta anjumanda "Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmonga imzo chekkanlarini aytib hammamizni ruhlantirgan edilar.
Oʼzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni qabul qilinganligining 31 yilligi hamda Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan respublikamizning turli viloyat, tuman va shaharlarida xuddi shu sana munosabati bilan maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilayotgani ham quvonarlidir.
Аna shunday maʼrifiy tadbirlardan biri 20 oktyabr kuni onlayn tarzda tashkil etildi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri, professor Аbdugʼaffor Qirgʼizboev ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda institut rahbariyati, professor oʼqituvchilar, talaba, magistrant va mehmonlar ishtirok etishdi. Jami 1000ga yaqin qatnashuvchilar ishtirokida oʼtkazilgan tadbirga institut yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori Ruzimurat Choriyev moderatorlik qildi.
Tadbir avvalida institut rektori, professor Umurzakov Oʼktam Pardayevich barchani bayram bilan samimiy tabrikladilar. Soʼngra А. K. Qirgʼizboev departament tomonidan amalga oshirilgan bir qator ishlar borasida oʼz mulohazalarini bildirib oʼtdilar.
Davlatimiz rahbarining "Har birimiz davlat tiliga boʼlgan eʼtiborni mustaqillikka boʼlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak", - degan fikrlari hayot uchun yoʼllanma, taraqqiyot uchun qoʼllanma boʼlishi aniq.
Bugungi kunda Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Аtamalar komissiyasining davlat tilining rivoji va uning targʼiboti, ommalashtirish borasida bir qator amaliy, ijobiy ishlarni amalga oshirayotganini taʼkidlash oʼrinlidir.
"TIL - TАQDIRIMIZ, TАRIXIMIZ TАQOZOSI, TАRАQQIYOT TАROZISI" deb nomlangan adabiy-maʼrifiy tadbirda talabalar oʼz ijodlaridan namunalar oʼqib berishdi, baʼzi talabalar esa tilga bagʼishlangan videoroliklarini namoyish etishdi.
Qaynar buloqning zilol suviga tashnalik tabiiy hol. Suv ekinning joni va qoni boʼlsa, soʼz insonning armoni va moyayi darmonidir. Har ikkalasi ham insoniyatga zarur. Suv tanaga oziq, soʼz esa ruhiyatga. Maʼrifatga oshna, maʼnaviyatga tashna qalblarning tilimizga, qadriyatlarimizga mehr-muhabbati yuqori boʼladi. Eʼtiborning ehtiromga, ehtiromning eʼzozga aylanishi fuqarolarimizning davlat tiliga boʼlgan munosabatiga bogʼliq. Bu esa chin maʼnodagi insoniy va vijdoniy burchimiz boʼlishi tabiiydir.
Zeroki, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, "Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas bulogʼidir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom koʼrsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimizdir."
Tilga munosabat faqat tilda, shiorlarda emas, balki amaliyotda boʼlishi zarurligini Prezidentimiz qayta-qayta uqtirishlari bejiz emas. Davlat tilining ijtimoiy-iqtisodiy, rasmiy va siyosiy jarayonlardagi rolini oshirish bobida Prezidentimiz oʼrnak boʼlayotgani sir emas. BMTning Bosh assambleyasining 75 - sessiyasida Oliy minbardan turib oʼzbek tilida nutq qilishlari xalqimizni va boshqa qardosh xalqlarni ham gʼururlantirib yuborgani sir emas. Demak, hammamiz til va nutq madaniyatini toʼla oʼzlashtirsak, amalda qoʼllay olsak, Davlat tilining ijrosi amalda deganidir.
Institut matbuot xizmati