9-may “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga uyushtirilgan tashrif to‘g‘risida ma’lumot
Institut rektorining 2018 yil 25 apreldaga 264 A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 8 may kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti talabalarining “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi uyushtirildi. Talabalar guruh murabbiysi boshchiligida “Shahidlar maydoni” bilan yaqindan tanishdilar. Muzey xodimlari maydon haqida, uning qanday tashkil topganligi, tarixi, shuningdek, Yurtboshimiz tashabbusi bilan maydonda bunyod etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi haqida talabalarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Ziyorat chog‘ida talabalar maydon haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to‘laqonli javob oldilar. Ziyorat o‘z yakuniga yetgach, uning mantiqiy davomini amalga oshirish maqsadida, maydonda qad ko‘targan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Tashrif mobaynida talabalar muzeydagi eksponatlar, ular bilan bog‘liq xotiralar, tadrijiy ma’lumotlar borasida bilimlarini yanada oshirdilar. Umuman olganda mazkur tashrif tinglovchilarning ma’naviyati, madaniyati, bilimi, o‘zligini, tarixini yanada keng anglashi uchun ma’lumotlar bazasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.