Yetakchilar saylab olindi
Iqtidorli, kreativ salohiyatga ega bo‘lgan yoshlar xoh ta’lim muassasasi, xoh mehnat jamoasida bo‘lsin, doimo o‘z fikri va shijoati bilan ajralib turadi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining talabalari orasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqini guruh yetakchilari saylab olindi. Ushbu saylov jarayonida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Eshova har bir guruhda kirib, Yoshlar ittifoqi faoliyati bilan talabalarni yaqindan tanishtirdi va bugungi kundagi imtiyozlarini mazmun mohiyatini tushuntirib berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilinganligi va bugungi kundagi Yoshlar ittifoqining faoliyati haqida taqdimot orqali talabalarga yetkazdi va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng har bir kursning guruh murabbiylari so‘zga chiqib, har bir nomzodlarni o‘qib eshittirdi va 2018-2019 o‘quv yili uchun Yoshlar ittifoqining guruh yetakchisini guruhning eng faol iqtidorli tashabbuskor talabalari orasidan saylab olishdi.
YeRB fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov