Abadiyat muhri
Mangulikka muhrlanish mezonlaridan biri el – yurt uchun yonib, kuyib ishlash demakdir. Ana shu nisbatga xos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan, “Yerdan foydalanish va Yer kadastri” fakulteti 2 - kurs 3-guruh murabbiyi va talabalari tomonidan guruh kutubxonasi tashkil etildi.
Bu ixcham kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kitobga bo‘lgan mehrini oshirish. Bu kutubxonadan birinchi prezidentimiz asarlari, harakatlar strategiyasi, o‘zbek yozuvchilari tomonidan yozilgan nodir asarlar hamda jahon adabiyoti durdonalari joy olgan. Kitoblar guruh o‘quvchilari tomonidan esdalik sifatida taqdim etildi.
Kitob insonni ma’naviy boyligini oshiradi va komillikka yetaklaydi!!!
“Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 203-guruhi murabbiyi O‘. Islomov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov