TIQXMMI buxoro filial direktori Shavkat Imomovning QXM fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi
Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab – quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.
19-yanvar kuni TIQXMMI Buxoro filialning “Madaniyat saroyida” filial direktori va birinchi bosqich Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyaalash fakultetining yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirni filialimiz direktori professor Imomov Shavkat Jaxonovich 2020 yilning 25-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvda “Yoshlar forumi”dagi yoshlarga aytgan fikrlari bilan ochib berdi.
Filial direktori nutqlari davomida Prezidentimizning yoshlarga bildirgan fiklari, endilikda yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi o’zgarishlar, aynan 2021 yilning Respublikamizda “Yoshlarni qo’llab quvvaatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deya nomlanishi haqida ham alohida to’xtalib o’tdilar.
Do‘stona o‘tgan uchrashuvga yig‘ilgan talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdilar. O‘z navbatida uchrashuvga taklif qilingan professor-o’qituvchilar va bo’lim boshliqlari ham o‘zining talabalalik yillarini xotirladi, o‘tmish va bugunni solishtirib, yoshlik yillaridagi voqealardan so‘zlab berdi.
Ayniqssa filial direktorining filial yoshlariga qarab “sizlar mening bolalarimsiz”, qanday sharoit kerak bo’lsa hammasini yaratib berishga kuchim yetadi deya aytgan so’zlari yoshlarning yanada oldinga intilib harakat qilishlariga alohida turtki bo’ldi.
Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ta’lim yo’nalishi 1/1 guruh talabasi No’monov Jalol o’z so’zida – men hozir birinchi bosqich talabasiman. Xudo xoxlasa o’z oldimga katta niyat qo’ydim. Bizdan oldingi filialimiz talabalari erishgan yutuqlarini davom ettirgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti bo’laman deya faxr ila aytdi. Shu bilan birgalikda filialimiz yoshlari uchun “Filial direktori” stipendiyasini joriy qilish degan taklifni ilgari surdi. Filial direktori esa bu taklifni qo’llab quvvatladi va mas’ullarga topshiriq berildi.
Shundan keyin Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ta’lim yo’nalishi 1/2 guruh talabasi Hamroyev Og’abek esa – eng avvalo manashunday uchrashuvni tashkil qilganingiz uchun sizga barcha talabalar nomidan tashakkur bildiramiz, filialda onlayn o’qish davrida ham darslarni o’z vaqtida tashkil qilib, bizga kerakli bilimlarni bergan ustozlarimizga, qolaversa bugungi kunda an’anaviy ta’lim shakliga o’tib filialning sehrli partalarida ta’lim olayotganimiz uchun, shu bilan birga bizga o’qib ta’lim olishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotganingiz uchun filialimiz rahbaryatiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz deya o’z fikrini bildirdi hamda filialda harbiy kafedra tashkil qilish taklifini ilgari surdi.
Bugungi tadbirni noodatiy tashkil etilganidan maqsad ham yoshlar bilan yanada yaqin bo‘lish, ular ichiga kirib borish, kerak bo‘lsa ular bilan birga orzu qilishdir. Jamiyatimizga o‘zgacha yondashuvga ega, salohiyati baland va yangicha fikrlaydigan yoshlar kerak. Biz bu davradan ana shunday yoshlarimizni topamiz.
Ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati