Giyohvandlik - ajalga bandlik

2018 yil 24 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” 4-sonli tabalar turar joyida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari professor Ifoda Axmedxadjaeva, Qudratjon Raximov, Alisher Xadjaev, Sarvar Meliqo‘ziev hamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar “Aholi orasida giyohvandlik va narkojinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilikning ro'li va ahamiyati” mavzusida 5-qavatdagi 3-bosqich  talabalari bilan  davra suxbati o‘tkazishdi.

Giyohvandlik - XXI asr vabosi bo‘lib, bugun jahon miqyosidagi muammodir.  Hozirgi zamon global muammolari sirasiga irodasi zaif yoshlarni o‘z domiga tortayotgan juda ko‘p muammolar qatorida giyohvandlik ham mavjud.

U jamiyatni eng xavfli va eng og‘ir oqibat, kulfatlarga olib keluvchi og‘udir. Giyohvandlik inson salomatligiga halokatli ta’sir qilib, inson umrini kemirib, o‘limga mahkum etayotgan illatdir. Dunyo bo‘yicha kishilar, ayniqsa, 15-40 yoshgacha bo‘lganlar ya’ni kuch-quvvatga to‘lgan yoshlar bu og‘u iskanjasiga ilinib, hayotdan adashib, yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlariga qatnashmasdan og‘ir hastalikka chalinib o‘ziga, oilasi va davlatga ham moddiy, ham ma’naviy zarar keltirmoqda.

Giyohvandlik – bu narkotik va psixotrop moddalarga tobelik xastaligi bo‘lib, huquqiy jihatdan jinoyat, tibbiy jihatdan surunkali xastalik, ijtimoiy-ma’naviy jihatdan axloqiy me’yorlariga zid holat sifatida baholanadi.

Ijtimoiy mavqeiga ko‘ra, ishlamaydigan giyohvandlar ish bilan band giyohvandlarga qaraganda ko‘p. Buyuk Britaniyada ish bilan band giyohvandlarga qaraganda ishsiz giyohvandlar 32% ko‘p. AQShda 40% , Kolumbiyada 65%. Bu o‘rinda yetakchilikni Rossiya qo‘lga kiritgan. U yerda ishlamaydigan giyohvandlar 73% ko‘proq RIA Novosti axborot agentligining xabariga ko‘ra, giyohvand moddalarni iste’mol qilish oqibatida Rossiyada har kuni 80 ga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumayapti.

Shuningdek, giyohvandlar armiyasi mazkur davlatda 2,5 mln. kishini tashkil qilayotgani, yiliga ularning soni 80 ming kishiga ko‘paygani, iste’molchilarning o‘rtacha yoshi 18dan 39 yosh oralig‘ida ekanligi ma’lum. Narkoman – narkotikning qulidir; uning uchun inson jinoyat sodir qilishga, tubanlikka tushishga va turli nojo‘ya ishlarni sodir qilishga tayyor bo‘ladi. Oxir oqibat narkotik uni o‘lim sari yetaklaydi. Hattoki, bir marta iste’mol qilingan narkotikdan ham inson uning «quli»ga aylanishi  mumkin.

“Hech bo‘lmasa bir marotaba iste’mol qilib ko‘r, hech narsa qilmaydi,” - deydi  va narkotikni tekinga taklif qiladi. Tekinga faqat xohlamaganlarga berishadi. O‘rgatib olish va ularda xohish tuyg‘usini uyg‘otish uchun. Bu esa o‘z navbatida sotuvchining birinchi maqsadi. Ikkinchi maqsadi esa, narkotik ilmog‘iga tushirib, ulardan ko‘proq pul undirishdir.

Hech qachon giyohvandlik qurboni bo‘lmang,

Qiynalib hayotdan, erta ko‘z yummang.

Sog‘lom zurriyoting qilmagil iflos,

Yetti o‘lchab, bir qadam bos...

Totli hayoting, bo‘lmasin xazon,

Qutul undan, albat shu zamon.

Buning uchun kerak, kuchli iroda,

Umrbod qabul qilma giyohli modda.

4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut matbuot kotibi RahimboyJumaniyozov