Yangiliklar

Xayriya aksiyalarimiz davom etadi Xayriya aksiyalarimiz davom etadi
Institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti fakulteti Yoshlar Kengashi faollari boshlab bergan xayriya aksiyalari davomli boʻlmoqda. Xuddi shunday savobli ishlardan yana biri “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar ittifoqi faollari tomonidan tashkil etildi. Fakultet rahabariyati ham ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan holda, kerakli yordamlarini berishdi.
Bayram shukuhida Bayram shukuhida
Erta tongdan Institut Yoshlar Ittifoqi faollari har ikkala darvoza yoniga ikki qator bo’lib saf tortishdi. Nega deysizmi? Chunki ertaga 8-dekabr Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 26 yillik bayramini nishonlaymiz. Barchangizni bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan bayram oldidan maxsus nishonlar tayyorlanib, erta tongdan talabalarga bayram kayfiyati ulashildi.
Aqliy o’yinlar sarhisobi Aqliy o’yinlar sarhisobi
6-dekabr kuni TTJ-3 da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxboz hamda tarbiyachi pedagog Xaitova Aziza tomonlaridan tashkillashtirilgan “Zakovat bilimdonlari” intellektual o‘yinlarini final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Balli, yigitlar! Balli, yigitlar!
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova tashabbusi bilan talabalar turar joyida oʻgʻil bolalar oʻrtasida osh musobaqasi oʻtkazildi.
Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tomonidan 3-TTJda “Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdiddir” mavzusiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Fan va amaliyot uygʻunligi Fan va amaliyot uygʻunligi
QSXET fakulteti “Elektr energetika” yoʻnalishi 4 kurs 409 - guruh talabalari oʻquv laboratoriyalarini ishlab chiqarish bilan bogʻlash maqsadida KЕLЕS 220/110/10 kVli podstansiyada boʻlishdi.
Baxt qomusi Baxt qomusi
2-Talabalar turar joyi ma’naviyat xonasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag’ishlangan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Qalbga malhamlik Qalbga malhamlik
Bolaning ko'ngli nozik. Hayotda tug’ma nuqsonlar bilan dunyoga keladiganlar ham yoxud baxtsiz hodisa sifatida keyinchalik, nogiron bo’lib qoladiganlar ham uchraydi. Ular bilan hamdard bo’lish insonparvarlik va odamiylikning muhim mezonlaridandir.
Millat tanlamas illatlardan ogohlik Millat tanlamas illatlardan ogohlik
2-Talabalar turar joyi to'rtinchi va beshinchi qavat foyesida GTS, QSXEA fakulteti talabalari bilan "Biz yoshlar OITSga qarshimiz" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Muammoli maʼruza Muammoli maʼruza
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasida muammoli maʼruza oʻtkazildi.
Til bilgan dil bilar Til bilgan dil bilar
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari bilan “Investudy” oʻquv markaziga tashrif katta taassurotlarga boy boʻldi.
Yuqori pogʻonaga qadam Yuqori pogʻonaga qadam
“Magistratura” boʻlimining 1-bosqich magistranti Hilola Amanqulova haqida xuddi shu fikrlarni aytish mumkin. U Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga quyilgan nomzodlardan biri edi.
Kanallarning koʻndalang kesimiga qoʻyiladigan talabalar Kanallarning koʻndalang kesimiga qoʻyiladigan talabalar
Dekabr oyining birinchi Ochiq maʼruzasini esa Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi Isabayev Kasimbek Tagabayevich boshlab berdi.
Tilni oʻrganmoq - keng imkoniyatlar eshigini ochadi Tilni oʻrganmoq - keng imkoniyatlar eshigini ochadi
30 noyabr Ingliz tili kafedrasi katta oʻqituvchisi Azizova Maqsuda “My favourite film. Describing imaginary date with a famous person” mavzusida Ochiq maʼruza oʻtdi.
Ogohlik - salomatlik Ogohlik - salomatlik
30 noyabrda 7-oʻquv zalida “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining 1-bosqich talabalari va “Gidromelioratsiya” fakultetining talaba qizlari bilan birgalikda 1-dekabr butun dunyo SPIDga qarshi kurash kuni munosabati bilan umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Energiya tizimiga oid muammoli maʼruza Energiya tizimiga oid muammoli maʼruza
“Elektr texnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan V – oʻquv binosi 409 – maʼruza xonasida, “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” taʼlim yoʻnalishi uchinchi bosqich 303 - guruh talabalari ishtirokida «Oʻzbekiston Respublikasi energiya tizimi strukturasi va yangi loyihalari» mavzusida maʼruza oʻtkazildi.
Kitob mutolaasi buyuk maqsadlar sari Kitob mutolaasi buyuk maqsadlar sari
YRB fakulteti 3- kurs “Geodeziya kartografiya va kadastr” bakalavriyat ta’lim yo`nalishi talabalariga 2018-yil 1-dekabr kuni Al-309 auditoriyasida fakultet dekani Z. Muqimov professor Kvint Vladimir Lvovichning “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” kitobi bilan tanishtirib o`tdilar.
Oʻquvchi qalbiga yoʻl Oʻquvchi qalbiga yoʻl
“Ibratli, ijodkor insonlar” ruknida taniqli sanʼatkorlar bilan uchrashuvda “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani O.R.Kucharovning tashabbusi bilakn Toshkent shahar Shayxontahur tumanidagi 192 – sonli maktab oʻquvchilari maktab direktori Dildora Shavkatovna rahbarligida ishtirok etishib estetik zavq olishdi.
Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetida professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar oʻrtasida turli yot gʻoyalardan himoyalashning samarali uslublari va uning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish hamda maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq-targʻibot organlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazildi.
Ma’rifatli manfaat Ma’rifatli manfaat
30-noyabr kuni TTJ-3 da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxboz hamda tarbiyachi pedagog Xaitova Aziza tomonlaridan tashkillashtirilgan “Zakovat bilimdonlari” intelektual o‘yinlarining dastlabki bosqichi “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.