Innovatsion texnologiyalarda kartalarni yaratish
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimidagi sohalar uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida joriy yilning 9 fevral kuni “Kartografiya” Davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mutaxassislari tomonidan TIQXMMIning “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilariga “Innovatsion texnologiyalarda kartalarni yaratish” mavzusida MUAMMOLI MA’RUZA o‘tkazildi.
Muammoli ma’ruzada “Kartografiya” Davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mutaxassisi J.Nishonov va “Yoshlar masalalari” bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Egamberdiyev, fakultet dekani, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashdilar.