Islom Karimov-ma’naviy yuksalish tashabbuskori
Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan Islom Karimov qalblarimizda tinchlik, barqarorlik, farovonlik, taraqqiyot va ma’naviy yuksalish rahnamosi va tashabbuskori sifatida qoldi.
Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz mustaqillikka erishganining ilk yillarida birinchi navbatda, elimizning tarixiy xotirasini, yuksak qadimiy milliy qadriyatlarini tiklanishiga hamda ma’naviy yuksalishiga tashabbuskor bo‘lishi natijasida yurtimizda ma’naviy hayot tubdan o‘zgara boshladi, xalqimizning dunyoqarashi, tafakkur tarzi mustaqillik ruhida o‘zgara bordi va kelajakka ishonchi ortdi. Buyuk davlat va jamoat arbobi, ma’naviy yuksalish tashabbuskori bo‘lgan Islom Karimov tavalludining 80 yilligini Respublikamizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda.
Institutimizda ham “Islom Karimov - ma’naviy yuksalish tashabbuskori” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining akademigi, dotsent, filologiya fanlari nomzodi Ulug‘bek Saidov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori O. Muxammadjonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist M. Abdullaev, O‘zbek davlat drama teatri aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist D.Boboxonovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi A.Aripov tomonidan 2017 yil 12 dekabrda (01-07-2987-son) tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning ikkinchi yo‘nalishi, 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi o‘rtasida “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” va “Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 42-sonli buyrug‘i hamda institut rektorining 2018 yil 23 yanvardagi 49 A/F sonli buyrug‘iga asosan institutimiz talaba-yoshlari orasida o‘tkazilgan xuddi shu mavzudagi insholar tanlovining ishtirokchilari va g‘oliblari faxriy yorliq va diplom hamda institut esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Xususan, “Iqtisod va menejment” fakulteti 2 kurs talabasi N. Akromova birinchi darajali, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 1 kurs talabasi Sh. Mamatqulova ikkinchi darajali, “Yer tuzish va yer kadastri” fakulteti 3 kurs talabasi N. Omonqulovalar uchinchi darajali diplom bilan taqdirlandilar.
Tadbir so‘ngida, institut talaba yoshlari o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qishdi.
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilbarxon Siddiqova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov