Musobaqa zavqi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov 8-9-qavatlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida 4 - bosqich talabasi Chingiz Aymatov intellektual o‘yinda boshlovchilik qildi.
Intellektual o‘yinida “Omad” jamoasi, “Baxt” jamoasi talabalari ishtirok etishdi.
O‘yin keskin fikrlar to‘qnashuviga va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Mantiqiy savollar bilan birgalikda qiziqarli statistik ma’lumotlar berib o‘tilganligi ayniqsa, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Baxt” jamoasi 1-o‘rinni, “Omad” jamoasi esa 2 - o‘rinni egallashdi.
4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov