“Nazariy mexanika” fanidan II tur Respublika Olimpiadasi
“Nazariy mexanika” fanidan II tur Respublika Olimpiadasi 14 may 2018 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘z ishini boshladi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 2018 yilning 14 may kuni «Nazariy mexanika» fanidan 2-tur Respublika Olipiadasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu Olimpiadada Respublikamizning 20 ta Oliy o‘vuv yurtlaridan o‘z institutlarida 1-o‘rinni egallagan talantli yoshlar qatnashmoqda. Olimpiada ikki kun davom etadi va shu qatnashayotgan yoshlar ichidan eng yuqori bilimga egalari faxriy o‘rinlarni egallashadi.
Olimpiadani institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori t.f.d., prof. T.Z.Sultanov ochib, so‘zni “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi mudiri prof. M.Mirsaidovga berdi.
M.Mirsaidov o‘z so‘zida Prezidentimizning yoshlarga berayotgan e’tibori, ularni har tomonlama bilimli bo‘lishiga, chet tillarini bilishiga katta ahamiyat berayotganligini va kelajakda bu yoshlarimiz ilmiy dargohlarda va Oliy o‘quv yurtlarida ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratayotganligi haqida gapirdi.
Olimpiadani ob’ektiv va shaffoflik bilan o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz deb, olimpiada qatnashchilariga omadlar tiladi.
TIQXMMI GTI fakulteti dekani t.f.d.,pof.B.Xasanov olimpiada ishtirokchilariga barcha sharoitlarni yaratishini aytib, katnashchilarga omadlar tiladi.
Olimpiada ochilishida TDTU prof. K.A.Karimov, Namangan injener qurilishi instituti prof. Sh.Yuldoshevlar xam so‘zga chiqishib olimpiada qatnashchilariga yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, katnashchilarga omadlar tilashdi.
Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi raisi N va QM kafedrasi prof. T.Mavlonov olimpiada qatnashchilarini birinchi kun rejasi va olimpiadani o‘tkazishni tashkil qilish uchun xolisona komissiyalarni saylab olish to‘g‘risida gapirib shu komissiyalar tuzilib, olimpiada o‘z ishini boshladi.