O‘qish sifati yashash sharoitiga bog‘liq

Talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqish ularning dars mashg‘ulotlarining o‘zlashtirishlariga bevosita daxldor ekani ayon. Talabalarga o‘qish sharoitlari ko‘ngildagidek yaratilgani aniq. Ayni paytda ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini bilish pedagoglarning, murabbiylarning burchi va vazifasidir.

Xuddi shu ma’noda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yotoqxonalardan tashqarida ijarada yashayotgan GIM fakulteti XFX yo‘nalishi 409-gurux talabalarning yashash sharoitini o‘rganish maqsad qilindi. Guruh murabbiysi dotsent A. E. Parmanov boshchiligida talabalar yashayotgan joylar ko‘zdan kechirildi.

Toshkent shahridagi Yashnobod tumani Zebo Shamsiddinova ko‘chasi 87-uyda yashovchi “GIM” fakulteti  talabalari Imonaliev Abdulaziz Azimjon o‘g‘li, Imomov Farxod Sobirjon o‘g‘li, Abdulxakimov Farxod Tavakkiljon o‘g‘lining yashash xonadoni o‘rganildi.

  

Nomlari qayd etilgan talabalarimiz kafedramizda ishlaydigan Sultonova Sanobar Mansurovnaning xonadonida yashaydilar. Talabalarning turmush sharoiti yaxshi. Shunday bo‘lsa-da, yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib o‘tildi.

Soliev Azizbek Avazbek o‘g‘li Yunusobod tumani Bodomzor yo‘li ko‘chasi 1-uy 34-xonadonda yashaydi.

  

U bilan sanitariya-gigienik, yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Valijonov Mashxurjon Raimqulov Sunnat Muhammadiev Raxmatillalar esa Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 4-uy 56-xonadonda yashashadi. Bularga ham xonadonda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, gaz plitalaridan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida tushuncha berildi.

Mirzo Ulug‘bek  tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 21a-uy 84-xonadonda ijarada turuvchi Shodiev Temur Alisher o‘g‘liga ko‘rsatmalar berilgach, xonadondagi oshxona holati ko‘zdan kechirildi va kerakli yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Turdiev Shuhrat G‘ayrat o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek tumani Turon ko‘chasi 1 “B”- uy 19 - xonadonda istiqomat qiladi. Uy egasi Abdieva Gullola bilan talabalarning kiyinish madaniyati, gigiena qoidalari to‘g‘risida suhbatlar olib borildi va kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent viloyati Zangiota tumani Qumariq mahallasi 56-uyda yashayotgan Akbaraliev Baxrom Bobur o‘g‘liga yong‘in xavfsizligi, gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish berildi.

Yashnobod tumani “Aviasozlar” mavzesi 3/23 - uy 68-xonadonda yashovchi Ollaberganov Ismoilga, uy egasi Qurbonov Sarvarbek bilan birgalikda bir muncha yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berildi.

“Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi 409-guruhda tahsil oladigan talabalar 28 tadir. Ulardan 26 tasi o‘g‘il bola, 2tasi esa qiz bolalarni tashkil qiladi. Guruhdagi o‘g‘il bolalaridan 10 tasi harbiy xizmatda bo‘lganlar. Ulardan 3tasiga  “Yoshlar ittifoqi” tomonidan 35% kontrakt puli to‘lab beriladi. Bular Turdiev Shuhrat, Zulfiqorov Musurmon, Raxmonov Samandarlardir. Guruhdagi talabalardan 2tasi 2-TTJda, 18tasi esa ijarada tursa, 8ta talaba o‘z uyidan qatnaydi.

Guruhimizda 4tasi kam ta’minlangan bo‘lib, har birining yashash sharoiti bilan tanishib chiqdik. Ushbu ishlar qatorida 18ta ijarada yashaydigan talabalar yashash sharoiti ham to‘la o‘rganildi.

Ijarada yashaydigan talabalarga sanitariy-gigienik talablar, yashash shoroiti odob-axloq qoidalari, gazdan foydalanish talablari, kompyuter vositalari, internetdan foydalanish qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Bu borada faol talabalardan guruh sardori -Ollaberganov Ismoiljon Otabek o‘g‘li, guruh sardori yordamchisi-Zulfiqorov Musurmonqul Rustam o‘g‘li, guruh Yoshlar ittifoqi yetakchisi-Turdiev Shuxrat G‘ayrat o‘g‘li, guruh kasaba uyushmasi sardori-Yo‘ldoshev Javlon Toxir o‘g‘lini, ayni paytda a’lo baholarga o‘qiydigan talabalardan Raxmonov Samandar Sattorali o‘g‘li, Soliev Azizbek Avazbek o‘g‘li, Ollaberganov Ismoiljon Otabek o‘g‘li, Turdiev Shuxrat G‘ayrat o‘g‘li, Imomov Farxod Sobirjon o‘g‘li, Zulfiqorov Musurmonqul Rustam o‘g‘li, Imanaliev Abdulaziz Azimjon o‘g‘li, Valijonov Mashxurbek Mirzohidjon o‘g‘li, Joniqulov Jo‘rabek Otabek o‘g‘lining nomlarini alohida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.

Guruh murabbiysi dotsent A. E.Parmanov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov