“O‘zbekistonda soliq siyosati va tizimdagi o‘zgarishlar” mavzusida muammoli ma’ruza

2018 yil 16 mart kuni soat 10:00 da B-106-o‘quv xonasida “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti 2-4-kurs “Buxgalteriya hisobi va audit” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumani Davlat soliq inspeksiyasi “Yuridik shaxslar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i Vaxriev Marat Rafkatovich tomonidan “O‘zbekistonda soliq siyosati va tizimdagi o‘zgarishlar” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruza qizg‘in bahs, munozara va savol-javoblar tariqasida bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza davomida kafedra mudiri M.Mamatqulov va kafedra professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.

  

“I va M” fakulteti dekani o‘rinbosari  J.Turdiev axboroti