Sho‘rlangan tuproqlar melioratsiyasi
Bugun 7 may 2018 yil 13.30 da institumizning V o‘quv binosi 216 auditriyada “Qishloq xo‘jaligi mashinlari” kafedrasi dotsenti, t.f.n., Xudayarov Berdirasul Mirzaevich 1 kurs magistraturada tahsil olayotgan talabalarga “Sho‘rlangan tuproqlar melioratsiyasi. Tuproqning sho‘rini yuvish. minerallashgan suvlardan sug‘orishda va sho‘r yuvishda foydalanish” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada “Qishloq xo‘jaligi mashinlari” kafedrasi professori, t.f.n Muxayyo Shoumarova, Traktor va avtomobillar kafedrasi mudiri Mansur Amanov,O‘quv-metodika boshqarmasiboshlig‘i muovini Sherzod Mardonov hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Fan nomzodi o‘z ma’ruzasini talabalarga Sho‘rlangan va botqoqlashgan yerlarni melioratsiya qilish jarayonini tushintirish bilan boshlab quyidagilarni bayon qildi: Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho‘rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning katta ahamiyati bor.
Sho‘rlanish va botqoqlanish jarayonlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:
- suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlarga qo‘shilib, satxini ko‘taradi);
- tuproq namligining bug‘lanishini har taraflama kamaytirish;
- yuza joylashgan sho‘r yoki chuchuk sizot suvlari satxini pasaytirish.
- tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo‘lsa, undan namlik kamroq bug‘lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday natijalarga erishish uchun ixota o‘rmon polosalari o‘tkazish, g‘o‘za-bedani almashlab ekish, ekin ekishning ratsional agrotexnikasidan foydalanish zarur.
Shunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozimligini aytib o‘tdi. .
Ma’ruzada davomida o‘qituvchi: Yerlarni meliorativ va gidromodullash jixatdan rayonlashtirish, tuproqni yuvishga tayyorlash, sho‘r yuvish muddatlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Ma’ruza so‘ngida magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti