Talabalar sport xaftaligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 6 iyundagi 376-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 maydan boshlab Toshkent shahar bo‘yicha OTM lari iqtidorli talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar sport xaftaligi” sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur sport musobaqalarda TIQXMMIning iqtidorli talaba-yoshlari sportning yengil atletika, voleybol, basketbol, mini-futbol hamda gandbol sport turlari bo‘yicha munosib faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdilar.
YENGIL ATLETIKA bo‘yicha 2-4 may kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Jami 14ta OTM lari terma jamoalari kuch sinashishdi. Toshkent shahar birinchiligida terma jamoamizdan QSXEA fakulteti 2/11 guruh talabasi Djurakulov Shuxrat. 100m qisqa masofaga yugurish bo‘yicha 11,63 s natija ko‘rsatib faxrli 2-o‘rinni egalladi. QSXEA fakulteti 2/11 guruh talabasi Djurakulov Sh., GIM fakulteti 1-kurs talabalari Olimjonov K., Sulaymonov Sh., Qurbonaliev D. lar 4x100 m estafeta yugurish bo‘yicha 48 s natija ko‘rsatib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
VOLEYBOL bo‘yicha 4-8 may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Jami 20ta OTM lari terma jamoalari kuch sinashishdi. Mazkur musobaqani yarim final bosqichida O‘zDJTU terma jamoasi bilan kuch sinashib “Irrigator”terma jamoamiz faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
BASKETBOL bo‘yicha 4-8 may kunlari Toshkent davlat texnika universiteti sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Jami 18ta OTM lari terma jamoalari kuch sinashishdi. Mazkur musobaqani final bosqichida I.M.Gubkina nomidagi RDU filiali terma jamoasi bilan kuch sinashib “Irrigator”terma jamoamiz faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
2018 yil 11-12 may kunlari TIQXMMI hamda TMI talaba-yoshlari o‘rtasida “ 9 May – muqaddas Xotira va buyuk G‘alaba ” kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan Milliy kurash sport musobaqasi TIQXMMI sport majmuasida o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 6 ta vazn bo‘yicha 30 dan ortiq talaba sportchilar faol ishtirok etishdi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda qiziqarli bo‘ldi. Musobaqa jarayonda jaroxat olganlar yo‘q. Mazkur musobaqa natijasiga ko‘ra g‘olib palvonlar aniqlandi. Sovrinli o‘rinni egallagan sportchi talabalar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
60 kg 1. Pirmanov S. GM 3/15 2. Shoniyozov T. GM 1/5 3. Egamberdiev R. QSXEA 2/7 |
81 kg 1. Valiev A. QSXEA 2. Qalandarov B. TMI 3. Meliev A. TMI |
66 kg 1. Sayfullaev A. ZU 3/6 2. Xo‘jamqulov D. TMI 3.Ochildiev F. GM 1/17 |
90 kg 1. Norqulov S. TMI 2. Xafizov Sh. QSXEA 1/4 3. Qutlimurodov M. QXM 2/1 |
73 kg 1. Yomg‘irov Sh. TMI 2. Aribov S. ZU 1/2 3. Kenjaev X. QXM 2/2 |
+90 kg 1. Nomozov Sh. QXM 3/4 2. Qobilov U. GM 2/15 3. Shamsiddinov Q. TMI |
MINI-FUTBOL bo‘yicha 17-21 may kunlari Toshkent farmasevtika instituti sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Jami 19ta OTM lari terma jamoalari kuch sinashishdi. Mazkur musobaqani final bosqichida Nizomiy nomidagi TDPI ning terma jamoasi bilan kuch sinashib 2:1 hisobda “Irrigator”terma jamoamiz faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib KUBOK g‘olibi bo‘ldi.
GANDBOL bo‘yicha 21-22 may kunlari O‘zbekiston milliy universiteti sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Jami 14ta OTM lari terma jamoalari kuch sinashishdi. Mazkur musobaqani final bosqichida O‘zMU ning terma jamoasi bilan kuch sinashib “Irrigator”terma jamoamiz faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilov axboroti