Suv tejovchi texnologiyalar
Isroilning sug’orish tizimlari bo’yicha Naan Dan Jain kompaniyasining O’zbekistondagi vakili Matyakubov Jasur institutimizga tashrif buyurdi hamda Suv xo’jaligi va melioratsiya yo’nalishi 4 bosqich talabalariga hozirda O’zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar va hamda olib borilayotgan yangiliklar bo’yicha taqdimot qilindi.
Ochiq tarizda o’tilgan ma’ruzada ko’rib chiqilgan asosiy yo’nalishlar:
Hozirgi kunda fermer xo’jaliklarida kuzatilayotgan suv bilan bog’liq bo’lgan muammolar, ABIT (AGRO BUSINESS INNOVATION TECHNOLOGY) ning faoliyati va hozirgi kunda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelajakdagi loyihalar haqida ma’lumotlar to’g’risida atroflicha ma’lumotlar berib o’tildi.
PKQT va UMO TM uslubchisi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov