Taom tayyorlash tanlovi
Taom badanning quvvati bo’libgina qolmay, balki talabalarning pazandalik 2018-yil 16 - fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3 – talabalar turar joyida buyuk ajdodimiz, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlab TTJ da yashovchi talabalar o‘rtasida “Qovoq sayli” pazandalik musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir talabalar turar joyi rahbariyati, 3 – Talabalar turar joyi pedagok-tarbiyachisi Aziza Xayitova, Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan tashkil qilinib yuqori saviyada o‘tishi ta’minlandi. Shuni alohida qayd etish lozimki, tadbirda oshpaz yigitlarimiz ham faol qatnashishdi.
Talabalar xalqimizning dasturxonida sevib iste‘mol qilinadigan qovoqdan tayyorlangan milliy taomlarimizni tayyorlashib o‘z fakukteti nomidan ishtirok etishdi. Tadbirga barcha fakultet dekanlari, dekan muovinlari, bir qancha proffesor-o‘qituvchilarimiz tashrif buyurishdi.
Musobaqa beshta yo‘nalish bo‘yicha hakamlar tomonidan odilona baholandi. Baholashda faol ishtirok etgan talabalarning mehnatini inobatga olib 1 ta birinchi o'rin, 2 ta ikkinchi o‘rin, 3 ta uchinchi o‘rin egalari hakamlar tomonidan aniqlab olindi.
1-o‘ringa YF va YK fakulteti jamoasi
2-o‘ringa QSXEA fakulteti va GTQ fakulteti jamoasi
3-o‘ringa QXM fakulteti, GIM fakulteti, I va M fakulteti jamoasi munosib deb topildi. G‘olib va ishtirokchilarga diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirni tashkil etishda yaqindan amaliy yordam bergan institutimiz ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Q. Shovazov hamda institut yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Berdimurodovga talabalar nomidan minnatdorchilik bildirildi.
3 – talabalar turar joyi pedagok-tarbiyachisi Aziza Xayitova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov