Taqsimot komissiyasi

Bugun 2018 yil 4 may sanasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 okyabrdagi 225-sonli va institut Rektorining "Davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlashni ta’minlash choralari to‘g‘risida"gi  246 a/f buyrug‘inining ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha "Taqsimot komissiyasi" o‘z ishini boshladi. "Taqsimot komissiyasiga" komissiya raisining muovini O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.S.Mirzaev rahbarlik qildi. Bunda "Yerdan foydalanish va yer kadastri" fakulteti hamda Magistratura mutaxassisligi bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Marketing bo‘limi boshlig‘i R.Q.Oymatov