Tinchlik tayanchi
Xalqimizning cheksiz mehr-muhabbatini qozongan Birinchi Prezidentimiz Islom Аbdug‘aniyevich Karimov qalblarimizda tinchlik, barqarorlik, farovonlik, taraqqiyot va ma’naviy yuksalish rahnamosi va tashabbuskori sifatida abadiy o‘rin olgan.
Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz mustaqillikka erishganining ilk yillarida birinchi navbatda, elimizning tarixiy xotirasini, yuksak qadimiy milliy qadriyatlarini tiklanishiga hamda ma’naviy yuksalishiga tashabbuskor bo‘lishi natijasida yurtimizda ma’naviy hayot tubdan o‘zgara boshladi, xalqimizning dunyoqarashi, tafakkur tarzi mustaqillik ruhida tarbiyalanib va kelajakka bo‘lgan ishonchi yuksalib bordi. Buyuk davlat va jamoat arbobi, ma’naviy yuksalish tashabbuskori bo‘lgan hamda xalqimizning, barcha yoshlarimizning qalbidan, xotirasidan o‘chmas iz qoldirgan Birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi Respublikamizning barcha hududlarida keng nishonlanayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz.
2018-yil 30-yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3-talabalar turar joyida birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan xotira tadbiri tashkil qilindi.Ushbu tadbirda iqtidorli talabalarmiz birinchi prezidentimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan o'zlarining chiqishlari hamda she'rlari bilan faol ishtirok etgan holda tadbirning yuqori saviyada o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Ushbu tadbirga ustoz va murabbiylarimiz ham tashrif buyurishdi. Jumladan: “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan yordamchisi Turdiyev Jamshid so'zga chiqib yoshlarning qalbidan mangu joy olgan bobomiz Islom Karimov to'g'risida o'zining iliq fikrlarini bildirdi.
Tadbirni tashkil etgan 3-Talabalar turar joyi pedagok-tarbiyachisi Aziza Hayitova va Yoshlar ittifoqi faollariga talalabar nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Aziz yoshlar, shunday ajdodlarimiz borligidan faxrlanib, mustaqillikni qadriga yetgan holda marrani kattaroq olib davlatimiz ravnaqi uchun o‘z hissamizni qo‘shaylik.
3-TTJ Talabalar kengashi sardori Jahongir Saidahmedov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov