Vaqt qadri
Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish uchun turli to‘garaklar va ko‘ngilochar dasturlar bilan oshna tutinish ahamiyatlidir. Sportning shaxmat-shashka turi aql charxi uchun muhim vositadir.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida bu masalaga e’tibor kuchli. Tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov 2018 yil 2 aprel kuni talabalarining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida 7-8-9-qavat talabalari o‘rtasida sportning shashka-shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.
4–TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi RahimboyJumaniyozov