Voleybol musobaqasida
Biz sportni insonning jismonan sog‘lom hamda baquvvat bo‘lishi uchun eng maqbul yo‘l desak, adashmagan bo‘lamiz. Yurtimizda sportga katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Hech bir narsa mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi” - degan so‘zlari hozirgi kunda o‘z isbotini ko‘rsatmoqda.
Talaba yoshlarni sportga qiziqishini kuchaytirish hamda “Sog‘lom turmush tarziga sport bilan bir qadam” shiori ostida Toshkent irpigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 1-mart sanasidan 3-martga qadar talaba qizlar o‘rtasida sportning “VOLEYBOL” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada institutimizda mavjud barcha fakultetlardan saralab olingan, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilotining institut terma jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa hayajonli va esda qolarli onlarga boy bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti 3-o‘rinni,
“Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 2-o‘rinni egallashgan bo‘lsa,
“Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakultetining talaba qizlariga esa oliy 1-o‘rin va musobaqa kubogi nasib qildi.
Musobaqada barcha jamoalar o‘zlarining bor kuch-g‘ayratlarini ishga solgan holda, munosib ishtirok etishdilar. Ayniqsa, musobaqaning FINAL bosqichi esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi.
“Yerdan foydalanish va yer kadastri” va “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakultetlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan final bahsida, ikkala fakultet jamoalari ham juda yaxshi tayyorgarlikka ega ekanliklarini isbotladilar.
Qizikarli bellashuv “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti qizlari jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni chin yurakdan TABRIKLAYMIZ !!!
Shu o‘rinda musobaqani tashkil qilish va o‘tkazishda yaqindan yordam berganliklari uchun "O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut Boshlang‘ich tashkilotiga", Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga, institut "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Qodirjon Shavazovga va "Jismoniy madaniyat va sport" kafedrasiga o‘z minnatdorchilik bildirildi.
Institut yoshlar ittifoqi media guruh sardori U.Manzirboнev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov