Zamon bilan hamnafas
TIQXMMIning YeF va YeK fakultetida 2018 yil 2 fevral kuni soat 10.30da fakultet professor-o‘qituvchilari va bitiruvchi kurs talabalari bilan Mikrokredit bank o‘quv markazi direktori professor Ashurali Qodirovich Qodirov, Mikrokredit banki kredit deportamenti direktori o‘rinbosari Axror Narziyevlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bunda mutaxassislar Mikro kredit banklardan kredit olish tartibi, uning foiz stavkalari va kredit ajratish yo‘nalishlar, tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar kabi masalalar yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Ushbu yig‘ilishda TIQXMMIning prorektori B.U.Hasanov, Marketing bo‘limi boshlig‘i R.Q.Oymatov va YeF va YeK fakulteti dekani Z.M.Muqimovlar qatnashdilar.