XVII-yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani

Xurmatli yosh olimlar, magistrantlar va  talabalar!

Sizni 2018 yilning 12-13 aprel kunlari TIQXMMIda o‘tkaziladigan “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XVII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz.

 

TOShKENT IRRIGATSIYa VA QIShLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYaLASh MUHANDISLARI INSTITUTI

“Qishloq va suv xo‘jaliginnng zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy

XVII-yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani

A X B O R O T   X A T I

Anjumanning asosiy maqsadi:

Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash borasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari natajalarini muhokama etish va ommalashtirishdan iborat.

Anjumanda quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ish olib boriladi:

Sho‘ba

Anjuman yo‘nalishlari nomi

1.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish muammolari;

                                                                                                                                                             2.

Suv resuslarini boshqarish, ekologiya va atrof muhit muxofazasi muammolari;

3.

Gidrotexnika va Gidroenergetika muammolari;

4.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muammolari;

5.

Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash muammolari;

6.

Qishloq va suv xo‘jaligning energetika va avtomatlashtirish sohalarida zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni qo‘llash;

7.

Er resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish va muxofaza qilish muammolari;

8.

Suv xo‘jaligida iqtisodiy muammolar, menejment va marketing;

9.

Suv xo‘jaligi masalalarida matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini qo‘llash;

10.

Xayot faoliyati xavfsizligi masalalari;

11.

Suv xo‘jaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik ma’naviy omillari.                                                                                                                                                                                                                     

Rasmiylashtirishga oid talablar:

Matn o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Taqdim qilinadigan material annotatsiya, matn, jadval rasm va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan 3 betdan iborat bo‘lishi, A-4 o‘lchamli oq qog‘ozda to‘liq sahifalanib, Word 2003 taxrirlagichda Times New Roman 12 shriftida 1 intervalda puxta taxrirlangan holda tayyorlanishi kerak. Elektron shakli bilan (fleshkada) taqdim etiladi. Matn o‘ng tomonidan 2.2 sm., chap tamonidan 2.3 sm., yuqoridan 2 sm., pastdan 2 sm. dan xoshiya qoldirib tayyorlanadi.

Ma’ruza sarlavhasi katta xarflar bilan markazlashgan holda qoraytirib yoziladi, keyingi qatorga muallif(lar)ning F.I.Sh. o‘qish (ish) joyi ko‘rsatiladi. So‘ngra bir interval tashlab mavzuning annotatsiyasi, keyin asosiy maqsadi beriladi va yana bir interval tashlab asosiy matn joylashtiriladi.

2018 yilning ITI rejasiga kiritilgan mavzular, TIJda o‘rganilgan mavzularda iqtidorli talabalarning ishtiroki, shuningdek, Ilmiy amaliy anjumanga talaba tomonidan topshiriladigan ilmiy maqolalarning dolzarbligi, natajalarini nazariy tahlili va xaqqoniyligini ta’minlash ilmiy rahbar va kafedra mudirlari zimmasiga yuklatilib, ekspertiza dalolatnomasi to‘ldirilgan holda 2018 yilning 31-martigacha qabul qilinadi. Talabga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi. Maqolalar o‘zgartirishlarsiz chop ettiriladi.

Ekspertiza dalolatnomasining blankasini Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi (G‘.G‘oziev)dan olasiz.

Tashkiliy qo‘mita manzili: 100000 Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39 uy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. ITvaIPKT bo‘limi. Tel: 237-19-61, 237-09-46.

17-TIQXMMI talabalar anjumani materiallari 1- QISM

17-TIQXMMI talabalar anjumani materiallari 2-QISM