2017-2018 annotatsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jalikni mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Mutaxassisligi: 5A450401-Gidromelioratsiya
Kafedra “I va M” Rahbar: dos. Suvanov B.U.
O‘quv yili: 2016-2018 y. Magistrant: Malikov E.
MAGISTRLIK DISSERTATSIYaSI ANNOTATSIYaSI.
Dissertatsiya ishini yozish uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida TIQXMII, ISMITI, UzGIP, Uzgiprovodxoz, Sirdaryo BUIS va Sirdaryo GTME ning loyihaviy materiallari, adabiyot manbaalardan foydalanilgan.
Ishning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2012 sanadagi “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini va suv resurslaridan samarali foydalanishni kelgusida yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar haqida” gi qarori, shuningdek 2013-2017 yy davri uchun suv xo‘jaligi majmualarini rivojlantirishning Davlat dasturi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni yanada chuqur asoslash, rejalashtirish va amalga oshirishni, shuningdek bunday ishlarni bajarishning ilmiy - metodik bazasini mukammallashtirishni talab etadi.
Tadqiqotning maqsadi v vazifasi. Tadqiqot maqsadi sug‘oriladigan yerlar melioratsiyasi Fondiga meliorativ ishlarni rejalashtirish strategiyasiga to‘g‘ri yo‘nalish va ularning samaradorligiga guvohlik berish imkoniyatini beruvchi Sirdaryo viloyati Xovos tumanini meliorativ rayonlashtirishni ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti Sirdaryo viloyati Xovos tumanining sug‘oriladigan yerlari hisoblanadi.
Tadqiqot metodikasi. Gidrogeologik meliorativ rayonlashtirishning asosiy metodikasi xududning tabiiy va texnogen sharoitlari haqidagi bilimni umumlashtirish, ko‘p yillik rejali kuzatishlari materiallarini tahlil qilish va jadal sug‘orish sharoitida yer osti suvlarining gidrodinamik gidrokimeviy rejimi o‘zgarishlarining qonuniyyatlarini oydinlashtirish hisoblangan.
Ilmiy yangiligi. Meliorativ rayonlashtirish birinchi marta umumiy va xususiy suv-tuz muvozanatlariga asoslanib bashorat qilish sharoitida amaldagi meliorativ rejimlar va tavsiya etilgan parametrlarni tahlil qilish bazasida xarakatdagi gidromeliorativ tizimda bajarilganligidan iborat.
Ishning asoslanganligi. Ishning ishonchliligiga ma’lum hisoblash metodikasi, me’yoriy hujjatlardan foydalanilganlik imkon yaratadi.
Amaliy ahamiyati. Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi drenajni taklab amalda tadqiq qilish bilan meliorativ jarayonlarning majmuaviy tahlil qilish bajarilgan.
Tadqiqotning natijalarini amalga oshirish va tadbiq qilish. Tadqiqot natijalari drenaj turlari va o‘lchamlari bo‘yicha rayonlashtirish haritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Xulosalar va takliflar. Meliorativ rayonlashtirishning yaqinlashtirilgan tamoyillari ishlab chiqilgan. Sug‘orish uchun kollektor-drenaj-tashlama suvlari resurslaridan foydalanishni hisobga olib, turli xil gidrogeologik-tuproq-meliorativ va xo‘jalik sharoitlari uchun meliorativ rejimlarning parametrlari ishlab chiqilgan. Taklif etilgan meliorativ rejimlarning muvofiq keluvchi parametrlariga ega melioratsiya va drenaj modulining murakkabligi bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanini meliorativ rayonlashtirish bajarilgan.
Ilmiy rahbar: dos. Suvanov B.U. _____________________
Magistrant: Malikov E.__________________________