2016-2017 annotatsiyalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI
Mutaxasisligi: 5A450401- «Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi» Kafedra: GTI va MK Ilmiy rahbar: t.f.n., dos. A.A. Yangiev O‘quv yili 2016-2017 Magistratura talabasi: M.Sharopov |
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Ilmiy ishning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda 55 ta suv ombori mavjud. Bu suv omborlarining aksariyat qismida inshootlarning ishlashida kamchiliklar kuzatilmoqda, ayniqsa loyqa cho‘kindilarining cho‘kishi kuzatilmoqda va buning natijasida suv ombori foydali xajmining kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Suv omborlaridagi inshootlarning xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlash, cho‘kkan loyqa yotqiziqlarini tozalash va suv ombori foydali xajmini tiklash eng muhim masalalardan bo‘lib, bu bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish talab etiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Kattaqo‘rg‘on suv omboridagi inshootlarning texnik xolati va ulardagi kamchiliklarni o‘rganib chiqish, ularning ishonchli ishlashi uchun suv omboridan foydalanishni takomillashtirish, Kattaqo‘rg‘on suv omboridagi suv o‘tkazish inshootlarining ishlash sharoitlari, kamchiliklarini, loyqa cho‘kishlarini dala sharoitida tadqiqot qilib, ularning xavfsiz va ishonchli ishlashi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masaladir.
Tadqiqotlar ob’ekti va predmeti: Samarqand viloyati Qattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan Kattaqo‘rg‘on suv ombori. Suv omboridagi to‘g‘on, suv chiqazgich, suv keltiruvchi va suv olib ketuvchi kanallar.
Tadqiqotlarni olib borish usullari: Suv omborida dala tadqiqotlari natijasida inshootlardagi kamchiliklar vizual ravishda kuzatiladi, cho‘kkan loyqalar xajmi mavjud xisobotlardan olinadi.
Ish tuzilishi va tarkibi: dissertatsiya ishi kirish, 3 bobdan iborat asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovalardan tashkil topgan.
Ish natijalari samaradorligi: Suv omboridagi inshootlarning kamchiliklarini tuzatish bo‘yicha tavsiyalar orqali ularning ishonchli va xavfsiz ishlashi ta’minlanadi.
Xulosa va takliflar: Dala kuzatuvlari natijasida Kattaqo‘rg‘on suv omboridagi inshootlardan foydalanishdagi kamchiliklar, suv omborida yig‘ilgan loyqa cho‘kindilar xajmi bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganildi. Ma’lumotlarni taxlil qilib inshootlarning ishonchli va xavfsiz ishlashi, loyqa cho‘kindilardan tozalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ilmiy rahbar ____________________________
(imzo)
Magistratura talabasi ______________________________
(imzo)