Ilmiy kengash
Institut Ilmiy kengashining kotibi:
Yulchiyev Davronbek Gulamovich
+998971-237-19-36
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
ILMIY KENGASHI
Umumiy qoidalar
1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (bundan buyon matnda institut deb yuritiladi) faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida Ilmiy kengash tashkil etiladi va uning yig‘ilishlarini olib boradi.
2. Ilmiy kengash o‘z faoliyatini institut Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom» asosida, qonuniylik, boshqaruv va kollegiallikni markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshiradi. Ilmiy kengashning asosiy vazifalari
3. Ilmiy kengashning asosiy vazifasi – institut jamoasi sa’y-xarakatlarini quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatini birlashtirish hisoblanadi:
- kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.
4. Institut Ilmiy kengashi:
- kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarning qat’iy bajarilishini ko‘rib chiqadi xamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlarni belgilaydi;
- fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risidagi, akademik litseylar, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, institut qoshidagi ilmiy laboratoriyalarning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, marketing xizmatining xalq xo‘jaligida bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, buyurtmachi tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi xamda tegishli qaror qabul qiladi;
-ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi xamda tegishli qaror qiladi;
-institut rivojlanishining yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, moddiy texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qaror qabul qiladi.
- fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish shuningdek, marketing xizmatlari takliflarini hisobga olgan xolda yangi bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;
- “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;
- professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komisiyasiga taqdim etadi;
- institut talabalari hamda professor-o‘qituvchilarning ingliz tilini bilishini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;
- ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligini, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;
- stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, tayanch doktorantura va doktoranturalarga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;
- iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste’dod” jamg‘armasi orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovkaga tavsiya etadi;
- institut iqtidorli talabalari va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
- “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
- institut talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mexnat muxofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
5. Ilmiy kengash institut vakolatiga kiradigan va kollegial muhokama etishni talab qiladigan har qanday masalani ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Ilmiy kengash tarkibi
6. Ilmiy kengash tarkibiga institut rektori (rais), prorektorlar, bo‘lim va markaz boshliqlari, o‘quv-metodika boshqarmasi boshlig‘i, institut qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, institut bosh hisobchisi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, yurist-maslaxatchi, harbiy kafedra boshlig‘i, fakultet dekanlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, «Yoshlar ittifoqi» boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, institut qoshidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari kiradi. Ilmiy kengash tarkibiga Oliy ta’lim muassasining muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlovchi yirik olim va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati -5 yil.
7. Ilmiy kengash tarkibi institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Xar o‘quv yilining boshida turli sabablarga ko‘ra Ilmiy kengash tarkibidan chiqkanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki tegishli tartibda tarkibga qo‘shiladi.
Manbaa: Institut Ilmiy kengashining 2017 yil 28- dekabrdagi 5-sonli majlisida tasdiqlangan “Institut Ilmiy kengashi to‘g‘risida”gi Nizomi.