Institut tarixi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1923 yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo’limi Melioratsiya muxandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1923 yilda 24 nafar talaba agranom, 16 nafar talaba gidromelioratsiya muhandisi sifatida institutni tamomlab birinchi bitiruvchilari bo’lishgan. 1929 yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida mehanika qurilishi va suv ho’jaligi fakultetlari ochilib O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politehnika instituti tashkil etildi. Institutni tashkil etilishi Respublikaning qishloq va suv ho’jaliklari hodimlariga bo’lgan kuchli ehtiyojni qondira boshlagan. Shu vaqtlarda o’rta osiyo respublikalarida yer suv islohotining amalga oshirilishi hamda irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalashtirishning yanada rivojlantirilishi yahlit oliy tehnika o’quv mehanizatsiyasining tashkil etilishini taqazo qilgan.
1934 yilda o’rta osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti o’rta osiyo qishloq ho’jaligini irrigatsiyalash va mehanizatsiyalashtirish muhandislari instituti nomi bilan birlashtirilib shu yilning 11 noyabiridan Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga aylantirilgan. Dastlab uning tarkibida ikkita gidromelioratsiya va mehanizatsiya fakultetlari bo’lgan. Ulug’ vatan urishidan keyingi davrda mamlakatning qishloq ho’jaligi iqtisodiyotida yuksalish ro’y berdi, yangi tarmoqlar ochila boshladi. Institutda esa yer qurilishi 1945 yilda, gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish 1946 yilda, gidroenergetika qurilishi 1946 yilda, qishloq ho’jaligi mashinalarini tamirlash tehnologiyasi va uni tashkil etish 1974 yilda, umummuhandislik 1979 yilda fakultetlarini ochilishi O’zbekistonda iqtisodiy ishtimoiy o’sish bilan chambarchas bog’liq.
Mustaqillik yillariga kelib institutning rivojlangan horijiy davlatlar universitetlari bilan o’quv ilmiy tajribalar almashishlari bo’yicha hamkorliklar rivojlandi. Institutda o’qitiladigan fanlarning o’zbek tilidagi adabiyotlari yaratildi talaba yoshlarni tillarni o’rganishga, chet el oliy ta’lim muassasalarida o’qishlarini davom etirishlariga keng imkoniyatlar yaratildi, jumladan iqtidorli talabalarni qo’llab quvvatlash maqsadida joriy etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, “Beruniy”, “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida hozirga qadar qishloq va suv ho’jaligi yo’nalishi bo’yicha 20 nafardan ortiq talabalarimiz sovrindor bo’lishgan. 2004 yil 30 martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash injinerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi. Institut hozirgi kunlarda tom manoda yangi masulyatli davrni boshidan kechirmoqda. Respublikada qishloq va suv ho’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda institutda 4860 dan ortiq talaba 18 ta’lim yo’nalishi, 15 magistratura mutahasisliklari bo’yicha 7 ta fakultetda ta’lim olib kelmoqdalar. Institutda ularga 30 ta kafedrada 353 nafar malakali professor o’qituvchilar ta’lim berishib, ularning 31 nafari fan doktori professorlar, 157 nafari fan nomzodi datsentlardir.
Institut zamon talablariga javob beradigan to’rtda o’quv, uchta o’quv laboratoriya binolari, zamonaviy o’quv ilmiy markazlar, umumiy fondi 700 ming o’ringa yaqin ahborat resurs markazi 1200 o’rinli 3 ta talabalar uyi, 460 o’rinli talabalar oshxonasi va istirohat bog’iga ega. Institut jamoasining asosiy etibori ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida suv ho’jaligi uchun yuqori malakali mutahasislarni tayorlashga qaratilgan.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003- sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi.