Kasaba uyushmasi
Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi
Irisov Farruxjon Qobil o‘g‘li
Tel: +99(871)2370994 +998(99)854-02-05
Email: kasaba@tiiame.uz
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi (KUQ) Instituti Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan tashkil etilgan hamda Jamoa shartnomasiga asosan faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda Instituti KUQ Jamoa shartnomasi, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushma kengashi Nizomi(ustav) hamda yuqori Kasaba uyushma tashkilotlari buyruqlari asosida Instituti ma'muriyati bilan hamkorlikda faolyait yuritib kelmoqda. Instituti KUQ tarkibida birlashgan kasaba uyushma raisi hamda 7 ta fakultet bo‘yicha kasaba uyushma raislari va 11 ta doimiy taftish komissiyasi mavjud. Ular o‘z ishlarini tasdiqlangan reja asosida olib boradi.
Instituti ma'muriyati bilan KUQsi o‘rtasida jamoa a'zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda nazoratga olingan. O‘zbekistonda demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, hayotda iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ma'naviy, ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish kasaba uyushmalarining o‘z a'zolarini ijtimoiy-iqtisodiy huquq va intilishlarini himoya qilishda keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar institutikasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun ish beruvchi bilan hamkorlikda Jamoa shartnomasi, zarur nizom va dasturlarni ishlab chiqgan. Yildan-yilga Kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolarining soni ortib bormoqda. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushma kengashi tarkibiga kiradi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar institutiKasaba uyushma qo‘mitasining asosiy maqsad va vazifalari
Kasaba uyushmaning asosiy maqsadi kasaba uyushma a'zolari mehnati xaq-huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy intilishlari, ma'naviy-aqliy hamda ularning oila a'zolarining huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislar instituti Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
- Kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
- Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;
- Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
- Kasaba uyushma a'zolari bilan birgalikda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish;
- Kasaba uyushma a'zolari va ularning farzandlarining sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasida ishlarni olib borish;
- Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar institute Kasaba uyushma qo‘mitasining tarkibi:
- Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining Oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
- Kasaba uyushma qo‘mitasi Konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.
- Konferensiya orasida rahbarlikni amalga oshirish Kasaba uyushma qo‘mitasi prezidiumi saylanadi. Prezidiumi majlislari uch oyda kamida bir marotaba o’tkaziladi.
- Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, o‘rinbosarlari, qo‘mita a'zolari hamda taftish komissiyasi a'zolari saylanadi.
- Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari Prezidiumi, Plenumi konferensiya qarorlari bajarilishini ta'minlashda qatnashadi.
- Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i a'zolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.
- A'zolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xisobchisi
Xoshimova Shaxnoza Ulug‘bekovna
Tel: +998 (97) 704-94-99. +998 (71) 237-09-94
Email: kasaba@tiiame.uz
Shaxnoza Ulugbekovna o‘z mehnat faoliyatini 2012 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kasaba uyushmasida boshlagan.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yo‘riqchisi
Manzirboyev Ulug‘bek Muzaffar o‘g‘li
Tel: +998 (71) 237-09-94. +998 (94) 420-42-00
Email: kasaba@tiiame.uz
Ulug‘bek Muzaffar o‘g‘li kasaba uyushmasidagi mehnat faoliyatini 2019 yildan toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlagan