"Elektron axborot resurslar" bo‘limi
Bo‘limning asosiy vazifalariga ARM fondlarini skanerlash va kataloglashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilib, unda asosiy e’tibor mualiflik huquqini ta’minlagan holda mavjud adabiyotlarni bosqichma-bosqich elektron ko‘rinishga o‘tkazishdan iborat.
ARMda mavjud bo‘lgan nashrlarni PDF elektron ko‘rinishga o‘tkazish, o‘tkazilgan nashrlarga maxsus Acrobat® 7.0 Professional, Acrobat® 7.0 Elements, ABBYY Fine reader dasturlari orqali ishlov berish hamda elektron ko‘rinishdagi nashrlarni avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi dasturiga sifatli yuklash imkonini beradi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- avtomatlashtirilgan axborotkutubxona tizimi dasturiga talabalar, professor-o‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun adabiyotlarning to‘liq matni va elektron kartochkalar saqlanadigan ma’lumotlar bazasini kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi;
- kam sonli ko‘p so‘raladigan adabiyotlarni to‘liq matnini yaratib, elektron katalogdagi kartochkasiga adabiyotning to‘liq matni ulanadi;
- talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni ARM elektron katalogidan tez va oson qidirish usullarini o‘rgatadi;
- elektron katalogda mavjud bo‘lgan xatolarni muntazam tahrirlab boradi;
- talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilar topshirgan elektron adabiyotlarning elektron kartochkasini yaratib, to‘liq matni bilan ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
- to‘liq matnli adabiyotlar bazasini sistemazitsiya qiladi;
- foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni boshqa ARMdan kelishgan holda olib kelib ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
- talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi dasturi bo‘yicha konsultatsiya beradi;
- elektron kutubxonadan foydalanish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;
ISH VAQTI:
Dushanba-juma 8:30 dan 16:30 gacha,
Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.