Paxtaobod texnikumi

Paxtaobod Texnikumi to'g'risida

1995 yildan boshlab Vazirlar Maxkamasining 296 -qarori bilan Paxtaobod kasb-hunar litseyi nomi berilgan. Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 23 sentyabrdagi 406- qarori bilan litsey 2000 yil 2 sentyabrdan boshlab Paxtaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Andijon viloyati Paxtaobod tuman qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining “Paxtaobod qishloq xo‘jaligi texnikumi” ga aylantirilgan.

Hozirgi kunda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining “Paxtaobod qishloq xo‘jaligi texnikumi” ning quvvati 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 4-etajli 1-2-chi o‘quv binosidan iborat, amaliyot o‘tash uchun avtosaroy va ma’muriy boshqaruv bo‘limlari mavjud. Jami yer maydoni 7,8 ga ni tashkil etadi. Shuningdek 8-xonadondan iborat turar joy, 1,0 gektar (atrofi o‘ralgan) maydonli o‘quv tajriba xo‘jaligi mavjud. 2020 yilning sentyabr holatiga yengil mashinalar ta’mir talab, yuk avtomobillarning aksariyati yaroqsiz.