INSTITUTIMIZ DOKTORANT VA YOSH OLIMLARI DIQQATIGA!
INSTITUTIMIZ DOKTORANT VA YOSH OLIMLARI DIQQATIGA!
Leybniz nomli qishloq xo‘jaligini landshaftlari ilmiy-tadqiqot markazi (ZALF, Germaniya) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari institutida joriy yilning 29 apreldan 5 maygacha bo‘lib o‘tadigan “Sug‘orma dehqonchilikda suv–energetika–oziq-ovqat (Water–Energy–Food nexus) xavfsizligi barqarorligini baholash: Markaziy Osiyoda fanlararo yondashuv” mavzusidagi “Xalqaro yozgi maktab-2019” da ishtirok etishga taklif qiladi. Ushbu yozgi maktabning asosiy maqsadi – zamonaviy tadqiqot uslublarini o‘rganish, yangi bilimlar olish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, innovatsion texnologiya va tadqiqot usullarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iborat.
Yozgi maktabda ishtirok etishni istagan tadqiqotchilar wefca2019@zalf.de elektron pochtaga ingliz tilida ariza topshirishlari kerak (1 ta yagona pdf-fayl, maksimal 3 MB).
Hujjatlar to‘plamiga quyidagilar kiradi:
- Motivation letter: Yozgi maktabga qatnashi haqida qisqacha bayon (maksimal 1 bet);
- Research abstract: O‘z ilmiy tadqiqot loyihasining qisqacha tavsifi (400 so'z);
- CV:Tarjimai hol;
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlaydigan xujjat (IELTS 5.0 ball yoki undan yuqori bo‘lganlar ustunlikka ega).
Arizalarni qabul qilishning yakuniy sanasi - 2019 yil 28 fevral. Ishtirokchilarning natijalari 2019 yil 15 martgacha e’lon qilinadi.
Savollaringiz bo‘lsa, Dr. Ahmad Hamidov bilan bog‘laning (wefca2019@zalf.de).
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi sayt orqali olishingiz mumkin: https://communications.ext.zalf.de/sites/summer-school-wefca/SitePages/Home.aspx