Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Axborot-resurs markazi”ning Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasiga masofadan turib aʼzo boʻlish tartibi haqida maʼlumotnomasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Axborot-resurs markazi”ning Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasiga masofadan turib aʼzo boʻlish tartibi haqida maʼlumotnomasi.
1. Masofadan turib Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasiga aʼzo boʻlish tartibi:
-Foydalanuvchilar kutubxonaga tashrif buyurib va masofadan turib ham aʼzo boʻlishlari mumkin (ONLINE aʼzo boʻlish).
-Buning uchun siz, ibs.natlib.uz saytidagi aʼzolik kartochkasini toʻldirishingiz kerak. Milliy kutubxona saytida aʼzo boʻlib, siz elektron foydalanuvchi kartaga ega boʻlasiz va u orqali kutubxona saytidagi elektron katalogdan qidiruvni amalga oshira olasiz. Chop etilgan kitoblarni buyurtma qilish, oʻquv zallari, elektron resurslar, nashrlar va litsenziyali maʼlumotlar bazasidan foydalanish va boshqa turdagi qoʻshimcha xizmatlarni amalga oshirish uchun, Siz alabatta kutubxonaning oʻzida foydalanuvchi sifatida aʼzo boʻlishingiz va aʼzolik kartasini olishingiz lozim.
Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati: foydalanuvchilarga Kutubxonaning axborot-kutubxona fondi axborot-kutubxona resurslarining maʼlum qismi (15%)ni bepul masofadan turib elektron pochta orqali yetkazib beradi.
Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati anʼanaviy hamda masofadan turib Milliy kutubxona xodimlariga, respublikaning barcha axborot-kutubxonalari, yuridik maqomga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar, professor-doktorlar, akademiklarga shuningdek, chet el fuqarolari va xorijiy korxona xodimlariga xizmat koʻrsatadi.
An'anaviy xizmat ko'rsatishda foydalanuvchi maʼlumotdan vaqtincha foydalanish uchun elektron yoki anʼanaviy tarzda buyurtma berishi mumkin.
Masofadan xizmat koʻrsatishdabuyurtmalar elektron shaklda qabul qilinadi, tayyorlanadi hamda sifatli va tezkorlik bilan foydalanuvchiga yuboriladi.
Maʼlumotlar asl nusxada, koʻchirma nusxa yoki elektron koʻrinishda taqdim etilishi mumkin.
Kutubxonalararo xizmat koʻrsatishning yangi shakli – elektron resurs-larni masofaga yetkazib berish xizmati boʻlib, ushbu xizmat turidan foydalanish buyurtmalar bajarish muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.
Elektron resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati – pullik xizmat koʻrsatish turi boʻlib, foydalanuvchiga (yuridik va jismoniy shaxslarga) kutubxona fondidagi nashrlarning elektron nusxasini qoʻlga kiritishga imkon yaratadi. Izoh: Buning uchun kutubxonaga aʼzo qilish vaqtida foydalanuvchining talabiga koʻra “Schet(xisob raqami)” ochiladi.
2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti 2017-2018 oʻquv yili magistrlik dissertatsiyalarining Axborot – resurs markazida mavjud IRBIS tizimining “Elektron katalogi”da toʻliq matnli MD- Magistrlik dissertatsiya nomli maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.
Endilikda institut talabalari, 2017-2018 oʻquv yilidagi magistirlik dissertatsiyalaridan sohalari boʻyicha bilimlarini oshirishda foydalanishlari mumkin.
Axborot – resurs markazi direktori v.b M.X. Axmedova.