Volga davlat texnologiya universiteti magistratura mutaxassisligida ta’lim olishni istaganlar uchun grant dasturini e’lon qiladi

Volga davlat texnologiya universiteti TIQXMMI bitiruvchilari uchun “O’rmon majmuasi va atrof-muhitni boshqarishda xalqaro hamkorlik” deb nomlangan 2 yillik magistratura dasturida ta’lim olish uchun grant dasturini e’lon qiladi.

Hujjatlar joriy yil 28 iyulga qadar onlayn tarzda qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar avgust oyida o’tkaziladigan onlayn imtixon-suhbat asosida tanlab olinadi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • TIQXMMIning 4 bosqichini tugatgan hamda bakalavr diplomiga ega bo’lishi;
  • rus tilini bilishi;
  • ingliz tilini ham bilishi qo’shimcha ustunlik/imkoniyat beradi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

https://www.volgatech.net/Jean_Monnet_centre/master_programmes/mezhdunarodnoe-sotrudnichestvo-v-lesnom-komplekse-i-prirodopolzovanii.php

Ushbu tanlovda ishtirok etishni hohlovchi nomzodlar joriy yilning 25 iyuliga qadar institutning Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti Ilhom Abdurahmanovga telegram orqali (https://t.me/IlhomIsakovich) murojaat etishlari lozim.