​Latviya davlatining stipendiya dasturlari

Latviya davlati bakalavriatura, magistratura hamda doktoranturada ta’lim olishni istaganlar uchun stipendiya dasturlarini e’lon qiladi. Mazkur stipendiya dasturlari 2019/2020 o'quv yillari uchun mo’ljallangan bo’lib, 1 o’quv yili ya’ni 10 oy mobaynida bakalavriatura va magistraturada ta’lim olishni tashkil etadi. Latviya stipendiya dasturi bakalavriatura va magistratura talabalari uchun 500 yevro, doktorantura talabalari uchun esa 670 yevroni tashkil qiladi.

Bundan tashqari ilmiy izlanish olib borish istagida bo’lganlar uchun 5 oylik stipendiya dasturi ham mavjud bo’lib, mazkur stipendiyasi ilmiy izlanish olib boruvchilar uchun kunlik 30 yevro hamda oylik 300 yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, “Yozgi maktablar” uchun ham 10 ta stipendiya dasturlari mavjud bo’lib, Unda ishtirok etuvchilar uchun stipendiya miqdori 711 yevroni tashkil etadi. Arizalar joriy yilning 1-apreliga qadar online tarzida qabul qilinadi.

Latviya davlatining stipendiyalari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi havola orqali

http://viaa.gov.lv/eng/international_cooperation/s...

Yozgi maktab to’g’risidagi ma’lumotlarni esa quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.           

http://viaa.gov.lv/eng/scholarships_gov/scholarshi...